Yo‘llar, ko‘kalamzor, mashinalar va odamlar egallagan maydonlarni rangli kvadratlarga jamladik. A4 varag‘idan boshlab, asta-sekin butun Toshkentgacha yetib boramiz.

Matnli versiyani o‘qish

A4 varag‘idan boshlaymiz

A4 varag‘idan boshlaymiz

0,06237 m²

Tomonlari 210 va 297 millimetr. Varaqdan asta uzoqlashib, yoniga butun Toshkentni joylaymiz.

Bir metrga bir metr

Bir metrga bir metr

1 m²

O‘n oltita varaqning maydoni bir metrli kvadratga deyarli teng. To‘rtburchaklar uning chetidan biroz chiqib turadi.

O‘nga o‘n metrlik joy

O‘nga o‘n metrlik joy

100 m²

Endi tomonlari o‘n metrlik kvadrat. Avvalgi metr burchakda qoldi: bu yerga undan yuzta sig‘adi.

Yuzga yuz — bir gektar

Yuzga yuz — bir gektar

1 ha

Yana bir qadam: yuzga yuz metr — bir gektar. Endi tanish shahar joylarini kvadratlarga jamlaymiz.

Bolalar maydonchalarini yig‘amiz

Bolalar maydonchalarini yig‘amiz

12,9 ha

Xaritadagi bolalar maydonchalari jami taxminan 12,9 gektar. Ularni hovli va bog‘lardan bitta kvadratga jamlaymiz.

Yoniga City bog‘ini qo‘yamiz

Yoniga City bog‘ini qo‘yamiz

18,1 ha

Tashkent City bog‘i — 18,1 gektar. Shu maydonchalarning barchasi uning taxminan 71 foizini egallardi.

Butun Tashkent City

Butun Tashkent City

80 ga

Butun Tashkent City esa taxminan 80 gektar. Bog‘ majmuaning maydonlari, ko‘chalari va binolari bilan uning ichida qoldi.

Bir kvadrat kilometr

Bir kvadrat kilometr

1 km²

Yuz gektar — bir kvadrat kilometr. Tashkent City bu kvadratning katta qismini egallaydi. Endi butun shahar miqyosiga o‘tamiz.

Barcha aholi qancha joy egallaydi?

Barcha aholi qancha joy egallaydi?

≈ 0,8 km²

3,2 million aholining har biriga 50 × 50 santimetrdan ajratsak, hamma taxminan 0,8 km² joyga sig‘adi. Deyarli yana bir Tashkent City.

Piyoda yuradigan joy

Piyoda yuradigan joy

≈ 1,11 km²

Alohida belgilangan trotuarlar taxminan 1,11 km². Ko‘cha bo‘yidagi yo‘laklar Tashkent Citydan biroz katta kvadratga jamlandi.

Mashinalar turadigan joy

Mashinalar turadigan joy

≈ 3,24 km²

Avtoturargohlar taxminan 3,24 km² — topilgan trotuarlardan qariyb uch baravar katta. Ichidagi kichik kontur pulli joylar maydonini ko‘rsatadi.

Shahardagi butun avtopark

Shahardagi butun avtopark

≈ 4,53 km²

Shahar avtoparki kuzovlarini zich joylasak, taxminan 4,53 km² chiqadi. Mashinalar orasidagi yo‘lak va bo‘shliqlar bunga kirmaydi.

Avtopark va avtobuslar

Avtopark va avtobuslar

≈ 80×

To‘q sariq kvadrat joyida qoladi. Yonida shahardagi barcha avtobuslarning kuzov maydoni: taxminan 0,06 km², butun avtoparkniki esa 4,53 km². Farq qariyb 80 baravar

Bir xil yo‘lovchilar, turlicha joy

Endi qancha odam yo‘lga chiqishini tanlang. Kerakli mashina va avtobuslar egallagan joyni solishtiramiz: mashinada o‘rtacha 1,5, avtobusda 60 tagacha odam.

Yo‘llar deyarli 40 km²

Yo‘llar deyarli 40 km²

≈ 39,8 km²

Qatnov qismi esa taxminan 39,8 km². Shaharning uzun ko‘chalari bitta qizil kvadratga jamlandi.

Yo‘llar yonida ko‘kalamzor

Yo‘llar yonida ko‘kalamzor

≈ 35,4 km²

Yo‘llar kvadratiga qaytamiz. Ko‘kalamzor unga deyarli teng: bog‘lar, maysazorlar va belgilangan daraxtlar jami taxminan 35,4 km².

Yo‘llar yonida suv

Yo‘llar yonida suv

≈ 6,4 km²

Shahar ichidagi suv havzalari, daryolar, kanallar va ariqlarni jamlaymiz. Ularning maydoni taxminan 6,37 km².

Yo‘llar va avtoturargoh

Yo‘llar va avtoturargoh

≈ 3,2 km²

Yo‘llar yonida avtoturargohlar kvadrati kichik ko‘rinadi. Unda o‘sha 3,24 km² mashina turadigan joylar jamlangan.

Qizil kvadrat va piyoda yo‘llari

Qizil kvadrat va piyoda yo‘llari

≈ 1,1 km²

Bir xil masshtabda farq yanada yaqqol: qatnov qismi alohida chizilgan trotuarlardan taxminan 36 baravar katta.

Yana odamlar

Yana odamlar

≈ 0,8 km²

Malinarang kvadrat — yana zich turgan barcha aholi. Yo‘llar yonida ularning umumiy kvadrati juda kichik ko‘rinadi.

Maydonchalarga qaytamiz

Maydonchalarga qaytamiz

≈ 0,1 km²

Bu yerda esa tanish bolalar maydonchalari. Modelimizdagi yo‘llar ulardan taxminan 300 baravar ko‘p joy egallaydi.

Binolar ostidagi yer

Binolar ostidagi yer

≈ 82,8 km²

Uylar, maktablar, do‘konlar va boshqa binolarning tag maydonini qo‘shamiz — taxminan 82,8 km². Yo‘llar yonida qoladi.

Butun shahar bitta kvadratda

Butun shahar bitta kvadratda

435 km²

Katta ramka — Toshkentning ma’lumotnomadagi 435 km² maydoni. Yo‘llar uning qariyb 9 foizini egallaydi. Keyin Toshkent xaritasi ochiladi: unda kvadratlarni surib, tanish joylar bilan taqqoslashingiz mumkin.

Endi o‘zingiz solishtiring

Kvadratlarni surib, tanish joylar bilan solishtiring

Hisoblash usuli va manbalar

A4 varag‘idan boshlaymiz

210 × 297 mm = 0,06237 m²

Bir metrga bir metr

16 × 0,06237 = 0,99792 m²
4 × 4 varaq: 84 × 118,8 sm

O‘nga o‘n metrlik joy

10 × 10 m = 100 m²

Yuzga yuz — bir gektar

100 × 100 m = 10 000 m² = 1 ga

Bolalar maydonchalarini yig‘amiz

OpenStreetMap, 2026-yil 12-sentabr
99 ta maydon konturi va 172 ta alohida nuqta
Nuqtalar uchun median maydon 376,7 m² deb olingan

Yoniga City bog‘ini qo‘yamiz

Loyihachi ma’lumotiga ko‘ra, bog‘ 181 000 m²
12,9 / 18,1 ≈ 71%

Butun Tashkent City

80 ga = 0,8 km²
2017-yilgi loyihadagi majmua maydoni

Bir kvadrat kilometr

100 ga = 1 km²
Tashkent City: 80 ga = 0,8 km²

Barcha aholi qancha joy egallaydi?

2026-yil 1-iyulda 3 212 200 doimiy aholi
Shart: har biriga 50 × 50 sm, o‘tish yo‘laklarisiz
3 212 200 × 0,25 m² ≈ 0,803 km²

Piyoda yuradigan joy

Alohida belgilangan trotuarlar olingan
Eni ko‘rsatilmagan chiziqlar 2 m deb hisoblangan
Model oralig‘i: 0,84–1,38 km²

Mashinalar turadigan joy

Turi ko‘rsatilmagan avtoturargohlar yer ustidagilar deb olingan: 2,49 km²
Faqat yer ustida ekani aniq obyektlar va ko‘cha bo‘yidagi joylar: 0,79 km²

Shahardagi butun avtopark

Model uchun 2024-yil ma’lumotidan taxminan 638 800 mashina olindi
Yengil va boshqa mashinalar ulushi respublika tarkibidan olingan
Bir kuzov: yengil mashina 6,79 m², boshqalari 14 m²

Yo‘llar deyarli 40 km²

Yo‘l chiziqlarining 93 foizi uchun odatiy en ishlatilgan
Model oralig‘i: 35–41 km²

Avtopark va avtobuslar

Avtobuslar umumiy avtopark tarkibiga ham kiradi. Bu yerda butun parkni uning avtobus qismi bilan solishtiramiz. Kuzov maydoniga oraliqlar kirmaydi

Bir xil yo‘lovchilar, turlicha joy

Berilgan ssenariy
Avtobus: 12 × 2,55 m
Avtomobil: 6,79 m²
Mashinalar soni yuqoriga yaxlitlanadi
Kvadratlarda kuzovlar ko‘rsatilgan, harakatda oraliqlar va bekatlar ham kerak

Yo‘llar yonida ko‘kalamzor

OpenStreetMap’da belgilangan bog‘lar, maysazorlar va boshqa yashil yuzalar
Alohida belgilangan daraxtlar modeli ham qo‘shilgan

Yo‘llar yonida suv

5,34 km² — suv poligonlari
6,37 km² gacha qolgan qism — ochiq o‘zanlar modeli

Yo‘llar va avtoturargoh

Ko‘cha bo‘yidagi to‘xtash yo‘laklari yo‘l maydoniga ham kiradi

Qizil kvadrat va piyoda yo‘llari

Alohida belgilangan trotuarlar hisobga olingan
Ayrim chiziqlar eni model asosida hisoblangan

Yana odamlar

Pushti kvadrat sharti: har bir aholiga 0,25 m²

Maydonchalarga qaytamiz

Yo‘llar: qariyb 39,8 km²
Topilgan maydonchalar: qariyb 0,129 km²
39,8 / 0,129 ≈ 308

Binolar ostidagi yer

Binolarning yer sathidagi izi
OpenStreetMap holati: 2026-yil 12-sentabr

Butun shahar bitta kvadratda

435 km² — shaharning ma’lumotnomadagi maydoni
39,8 / 435 ≈ 9%
Ayrim toifalar ustma-ust tushadi: masalan, ko‘cha bo‘yidagi to‘xtash joylari yo‘llarga ham kiradi

Endi o‘zingiz solishtiring

Hisoblash konturlari OpenStreetMap’ning 2026-yil 12-sentabrdagi holatiga asoslangan
Ma’lumotnomadagi maydon: 435 km²
Xarita konturi: 437,7 km²

O‘zingiz qiziqqan narsani solishtiring

Har bir qatlamning sanasi, formulasi va manbalari saqlangan

Bir kunda nechta safar?

Kuzovlar maydoni — qiyosning bir tomoni. Endi safarlarga qaraymiz. Transport vazirligi oktabrda avtobuslarda sutkasiga qariyb 1,5 mln yo‘lovchi safari haqida ma’lum qildi. Markaz taqdimoti asosidagi bahoga ko‘ra, yengil mashinalarda taxminan 4,6 mln safar amalga oshiriladi. Ishga borish va uyga qaytish alohida sanaladi.
Avtobuslar: Transport vazirligi, 2026-yil 16-oktabr
Yengil mashinalar: 7,6 mln transport safari × 60%, Spot 2026-yil 14-martda keltirgan taqdimot
Manbalarning hisoblash usullari turlicha

Hisobga nimalar kiritilgan

OpenStreetMap’ning 2026-yil 12-sentabrdagi holati
Xaritada ko‘rsatilgan obyektlar hisobga olingan
Eni ko‘rsatilmagan chiziqlar uchun odatiy qiymatlar olingan
Qatlamlar qisman ustma-ust tushadi: masalan, ko‘cha bo‘yidagi to‘xtash joylari yo‘l maydoniga ham kiradi
Kvadratlar surilganda maydoni o‘zgarmaydi