TAZIK NEWS

Loyiha haqida

Nega Tazik va nega News?

Suv haqidagi bot qanday qilib kichik pikselli mediaga aylangani haqida

Suv haqidagi bildirishnomalardan maqola va muhokamalargacha
Mundarija
  1. Avval suv haqidagi bot bor edi
  2. Tazik News hozir qanday loyiha
  3. Mushuklarning bunga nima aloqasi bor?!
  4. Biz bilan qoling

Avval suv haqidagi bot bor edi

Mushuk, suvsiz kran, tog‘ora va telefondagi bildirishnoma

Tazik Toshkentdagi suv o‘chishlari haqida xabar beradigan bot sifatida paydo bo‘lgan. Manzilni saqlaysiz, ogohlantirish olasiz va suv uzilguncha tog‘oralarni to‘ldirib qo‘yasiz. Nomi ham shundan: tazik — kichkina tog‘ora.

Keyin shaharga oid maqolalar, tonggi dayjestlar va dam olish kunlari uchun rejalar paydo bo‘ldi. Tazik faqat suv o‘chishlari haqida yozish bilan cheklanmay qolgach, nomiga News qo‘shildi. Manzillar va suv haqidagi bildirishnomalar esa o‘z joyida qoldi.

Tazik News hozir qanday loyiha

Shahar yangiliklari, foydali yo‘riqnomalar va muhokamalar

Biz Toshkent haqidagi kichik tajribaviy mediamiz. Shaharga oid qarorlarni tushuntiramiz, tadbirlarni tekshiramiz va batafsil yo‘riqnomalar yozamiz: eski divanni qayerga topshirish, hovliga qanday daraxt ekish yoki topib olingan mushukcha bilan nima qilish mumkin?

Loyiha doim o‘zgarib, o‘sib boryapti. Sizlarning fikrlaringiz asosida ilovani qayta ishladik, izohlarga javoblar tarmog‘ini qo‘shdik va profilni qulayroq qildik.

Mushuklarning bunga nima aloqasi bor?!

Mushuk, kiyimlar va Taziklar kolleksiyasi

Har bir o‘quvchining o‘z mushugi bor. U ilovada sizga hamroh bo‘ladi va izohlarda sizning nomingizdan ko‘rinadi. Shuning uchun uni o‘zingizga moslashingiz mumkin: turli buyumlarni kiydirish, fonini almashtirish, ko‘rinishini sozlash.

O‘qiganingiz va shaxsiy havolangiz orqali kelgan do‘stlaringiz uchun Taziklar beriladi. Yangi darajalar kiyimlar, boshqa buyumlar va kelajakda hamkorlardan turli sovg‘alarni ochadi.

Ilovada kolleksiyangizni ko‘rish, mushukka yangi kiyimlarni kiydirib ko‘rish va maqolalarni muhokama qilish mumkin. Maqolalarni botning o‘zida kartochka shaklida ham o‘qisa bo‘ladi.

Hovlidagi qo‘shnilar telefonda qiziq narsani ulashyapti

Biz bilan qoling

Yangi maqolalar va izohlaringizga javoblarni o‘tkazib yubormaslik uchun Telegram’da bot bildirishnomalarini yoqing.

Shu maqola ostida nimalar yetishmayotganini yozing: qaysi mavzuni yoritaylik, ilovaga nima qo‘shaylik, nimadan foydalanish noqulay?

Yoqimli mutolaa 🧡

Tazik bilan tanishganingiz uchun esa birdaniga beshta Tazik. Olib qo‘ying!

Ulashish

Telegram WhatsApp Email orqali