Xayrli tong, Toshkent! Bugun 5-noyabr, payshanba

Xayrli tong, Toshkent! Bugun 5-noyabr, payshanba

Shimoliy vokzal oldidagi «Kopeyka» qaytadimi? Talabalar Xavfsiz talaba ilovasini o‘rnatishi shartmi? Issiq jo‘mrakdan yana loyqa suv kelsa, kimga yozish kerak?

Yana eski maktublardan odamlar qaysi tuyg‘ularini sir saqlaganini bilamiz va bolalarni ta’tilda qayerga olib borishni tanlaymiz. Qahvani damlang, oxirida tazigingizni olib ketishni unutmang 🧡

Ertalab soyabon kerak bo‘lishi mumkin

Ertalab soyabon kerak bo‘lishi mumkin

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, Toshkentda kechasi harorat +10…+12 °C, kunduzi esa +18…+20 °C bo‘ladi. Ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi

«Kopeyka» o‘rnida nima bo‘ladi?

«Kopeyka» o‘rnida nima bo‘ladi?

Xalq orasida «Kopeyka» deb atalgan «Toshkent gerbi» yodgorligi Shimoliy vokzal oldiga qaytarilmaydi. Uning o‘rniga bayroq ustuni o‘rnatish, orqasiga esa favvora qurish rejalashtirilgan. Mirobod tumani hokimi bu rejani 3-noyabrdagi eshituvda taqdim etdi

Uchrashuvda Shevchenko ko‘chasining Turkiston va Nukus ko‘chalari orasidagi qismi muhokama qilindi. Bu yerda ishlar boshlangan. Ko‘cha bo‘ylab o‘nta savdo kioski ochish, mashinalar tartibsiz qo‘yiladigan joyda esa pulli turargoh tashkil etishmoqchi

Bir fuqaro vokzal oldida yer usti piyodalar o‘tish joyi bo‘ladimi, deb so‘radi. Hokim bu taklifni Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bilan muhokama qilishga va’da berdi

Xavfsiz talaba ilovasini o‘rnatish shartmi?

Xavfsiz talaba ilovasini o‘rnatish shartmi?

Jahon tillari universiteti talabalari Daryo’ga ularni Xavfsiz talaba ilovasini o‘rnatishga majburlashganini aytishdi

4-noyabr kuni Bosh prokuratura Kun.uz’ga bergan javobida ilovaga ulanish ixtiyoriy ekanini bildirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’lim muassasalariga talabalarni ilovani o‘rnatishga majburlash haqida topshiriq bermaganini ma’lum qildi. Talabalarning murojaatlarini ishchi guruh o‘rganmoqda

Issiq suv nega yana loyqalandi?

Issiq suv nega yana loyqalandi?

Qorasuv, Feruza va Yalang‘och mavzelarida yashovchilar issiq suvning rangi va hidi o‘zgarganini payqashdi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohladi — magistral tarmoqlarda suv aylanishi sozlanib, bosim o‘zgarganda, oqim quvurlar devorida yoz davomida yig‘ilgan cho‘kindilarni yuvib chiqadi

Uyingizga loyqa suv kelayotgan bo‘lsa, Veolia uni jo‘mrakdan oqizib yubormaslikni so‘raydi. Yaxshisi, kompaniya botiga tuman, mavze va uy raqamini yozing. Dispetcherlar tashqi tarmoqning uyingizga tegishli qismini yuvish uchun brigada yuboradi

Chorshanba kuni havoda qancha chang bor edi?

Chorshanba kuni havoda qancha chang bor edi?

4-noyabr ertalab O‘zgidromet stansiyalari bir kub metr havoda 85 mikrogramm PM10 zarrachalarini qayd etdi. Soat 18:00 da ko‘rsatkich 88 mkg/m³ bo‘ldi. Ikkala o‘lchov ham O‘zgidromet ushbu zarrachalar uchun ko‘rsatgan 75 mkg/m³ me’yordan yuqori

Stansiyalar yanada mayda PM2,5 zarrachalarini ham alohida o‘lchaydi. Ular ertalab 45, kechqurun 42 mkg/m³ ni tashkil etdi. Mahalliy me’yor — 60 mkg/m³

Uyingizning pochta indeksini qanday topasiz?

Uyingizning pochta indeksini qanday topasiz?

Sizga posilka yuborishmoqchi, lekin ko‘cha va uy raqamidan boshqa ma’lumot yodingizda yo‘qmi? UzPost’ning pochta indeksi xaritasini oching. Ko‘cha yoki tuman nomini kiriting va xaritadan uyingizni toping

Bo‘limning o‘zini topish uchun UzPost’ning bo‘limlar xaritasidan foydalaning. Unda manzil bo‘yicha ham, indeks bo‘yicha ham qidirish mumkin

Bir aktyor hikoyasida Abdulla Qodiriy

Bir aktyor hikoyasida Abdulla Qodiriy

«Jinlar bazmi» monospektakli tomoshabinni 1926-yilga qaytaradi. Voqealar markazida yozuvchi Abdulla Qodiriy va u duch kelgan siyosiy bosim turadi. Xurshid Do‘stmuhammadning «Yolg‘iz» qissasi asosidagi bu hikoyani sahnada bir aktyor so‘zlab beradi

Vaqti: 5-noyabr, 17:00. O‘zbek tilida, 1 soat 45 daqiqa, 16+
Chipta: 77 000–88 000 so‘m
O‘zbekiston davlat drama teatri

Manzil

Odamlar ilgari qaysi hislaridan uyalgan?

Odamlar ilgari qaysi hislaridan uyalgan?

Human House’da tarixchi Alfrid Bustanov his-tuyg‘ular tarixi haqida ma’ruza qiladi. Eski xatlar, she’rlar va shaxsiy qaydlar orqali o‘tmishdagi odamlarning kechinmalariga nazar tashlaymiz. Ular mehrini qanday so‘zlar bilan ifodalagan? Nimalarni dilida saqlagan?

Vaqti: 5-noyabr, 18:30
Kirish: 100 000 so‘m, oldindan yozilish kerak
Human House, Kichik Mirobod ko‘chasi, 43-uy

Manzil

Ta’tilda MIFI laboratoriyasiga

Ta’tilda MIFI laboratoriyasiga

Juma kuni «Fan 0+» festivali MIFI’ning Toshkent filialida o‘tadi. Dasturda laboratoriyalar bo‘ylab ekskursiyalar va suyuq azot bilan tajribalar bor. Soat 11:00 da Sergey Sergeyev «Fizika tugadimi?» mavzusida ma’ruza qiladi

Vaqti: 6-noyabr, 10:00–17:00
Kirish: bepul
MIFI Toshkent filiali, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi, 1-uy

Manzil

Tuzar laqabli it sahnaga chiqadi

Tuzar laqabli it sahnaga chiqadi

«Чёрная бурка» spektaklida bo‘rilar, tulki, qarg‘a va hatto bo‘rsiq ham bor, bosh qahramon esa Tuzar laqabli it. Rus drama teatri sadoqat va xiyonatning bahosi haqida hikoya qiladi

Vaqti: 6-noyabr, 19:00. Rus tilida, tanaffussiz 1 soat 40 daqiqa, 14+
Chipta: 77 000 so‘mdan
Rus drama teatri, Zarafshon ko‘chasi, 24-uy

Manzil

Sizlarda issiq suv qanday?

Sizlarda issiq suv qanday?

Uyingizga keladigan quvurlarni yuvishgan bo‘lsa, izohlarda qaysi tumanda yashashingizni va suv hozir qandayligini yozing. Qo‘shnilarga ham asqatadi

Tazigingizni olib keting. Payshanbangiz yaxshi o‘tsin 🧡