Xayrli tong, Toshkent! Bugun 11-noyabr, chorshanba

Xayrli tong, Toshkent! Bugun 11-noyabr, chorshanba

Yomg‘irdan keyin «Nurli maskan» maktabiga olib boradigan yo‘lni suv bosdi. Parlamentda ulushdorlarning puli haqidagi qonun loyihasi qabul qilindi, toshkentlik olimlar esa mamlakat aholisining genomlarini nima uchun o‘rganayotganini tushuntirdi.

Yana chegirmali aviachiptalarni ko‘rib, 11–12-noyabr uchun reja tanlaymiz: Fukodan tortib Qozog‘iston kinosigacha 🧡

Kunduzi yomg‘irsiz, lekin salqinroq

Kunduzi yomg‘irsiz, lekin salqinroq

Chorshanbaga o‘tar kechasi va ertalab Toshkentda hali yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi esa O‘zgidromet yog‘ingarchilik kutmayapti. Kunduzi harorat +8…+10 °C gacha pasayadi, kechasi +5…+7 °C bo‘ladi. G‘arbiy shamol tezligi — 3–8 m/s.

Maktabga boradigan yo‘l yana suv ostida

Maktabga boradigan yo‘l yana suv ostida

Yashnobod tumanidagi 77-sonli «Nurli maskan» maktab-internatiga olib boradigan yo‘lni yomg‘irdan keyin suv bosdi. Bu yerda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Ota-onalar Kun’ga bu holat besh yildan beri takrorlanayotganini aytgan.

Direktor bu yo‘l maktab hududidan tashqarida ekanini tushuntirdi. Tuman hokimiyati vakili suvni murojaat qilingan kuniyoq chiqarish, uch-to‘rt kunda ariq qurish va bir hafta ichida asfaltni tekislashga va’da berdi.

Kvartira puli — bank orqali

Kvartira puli — bank orqali

Qonunchilik palatasi ulush kiritish asosida uy-joy qurish haqidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Loyihada eskrou hisobvaraqlari ko‘zda tutilgan: xaridorning puli bankda saqlanadi, quruvchi esa uni qurilish yakunlanib, uy foydalanishga topshirilgach oladi.

Ixtiyoriy eskrou tizimi 2025-yil iyulidan ishlayapti. Endi bu mexanizm alohida qonunda mustahkamlanmoqda. Yangi qoidalar qonun kuchga kirganidan keyin qurilish uchun ruxsat beriladigan obyektlarga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Genlarimiz nimalarni aytib beradi

Genlarimiz nimalarni aytib beradi

Toshkentdagi Ilg‘or texnologiyalar markazida O‘zbekiston aholisining genomlari bazasi yig‘ilmoqda. «Gazeta» laboratoriyaga borib, bu nima uchun kerakligini o‘rgandi: ko‘plab genetik testlar Yevropa va Shimoliy Amerika ma’lumotlariga asoslangan, gen variantlarining tarqalishi esa turli xalqlarda farq qiladi.

Mahalliy baza tashxis qo‘yishda shu xususiyatlarni aniqroq hisobga olishga yordam beradi. Namunalar yozdan beri yig‘ilmoqda; noyabrga kelib Toshkent va Qoraqalpog‘istondan qariyb 500 ta namuna olingan. Dastlabki mingta genomni 2028-yilgacha o‘qib chiqish rejalashtirilgan.

11.11 — aviachiptalarni ko‘rish uchun sabab

11.11 — aviachiptalarni ko‘rish uchun sabab

Bugun Uzbekistan Airways o‘zi bajaradigan muntazam reyslar tariflariga 11% gacha chegirma beradi. Ichki va loukoster reyslar ham aksiyada qatnashadi. Chegirma ekonom va biznes-klass uchun amal qiladi.

Chiptani 11-noyabrda olish kerak, parvoz esa keyinroq, e’lon qilingan jadval doirasida bo‘lishi mumkin. Chegirma taksa va yig‘imlarsiz tarifdan hisoblanadi. Variantlarni aviakompaniyaning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.

CCA’ga borishni keyinga qoldiramiz

CCA’ga borishni keyinga qoldiramiz

Zamonaviy san’at markazi texnik sabablarga ko‘ra 10–20-noyabr kunlari yopiq. Uni 21-noyabrda qayta ochish rejalashtirilgan.

Shaharni kim va qanday rejalashtiradi

Shaharni kim va qanday rejalashtiradi

Urban Lab master-rejalar haqida munozaraga taklif qilmoqda: ular qanday vazifalarni hal qiladi va shaharni qanday o‘zgartiradi? Ishtirokchilar orasida Ispaniyaning Vigo shahri master-rejasi ustida ishlagan me’mor Alvaro Lopes Gonsales Mallo ham bor. Chiqishlardan so‘ng savol berish mumkin bo‘ladi.

Qachon: 12-noyabr, 17:00–19:00
Qayerda: FORUM biznes-markazi, Sharof Rashidov, 16
Kirish: bepul

Manzil

Fuko va Markaziy Osiyo

Fuko va Markaziy Osiyo

Fransuz alyansida Mishel Fuko g‘oyalari va ularning Markaziy Osiyoda qanday qabul qilinishini muhokama qilishadi. Faylasuf tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvni Ivan Peshkov, Aleksey Ulko va Jahongir Ostonov olib boradi.

Qachon: 11-noyabr, 18:30
Qayerda: Fransuz alyansi, Zulfiyaxonim, 120/2
Tillar: rus, ingliz va fransuz
Kirish: bepul

Manzil

«Panorama»da Qozog‘iston kinosi

«Panorama»da Qozog‘iston kinosi

«Panorama»da Qozog‘iston kinosi kunlari boshlanmoqda. Birinchi kuni «Қайтадан» va «Ерекше» filmlari namoyish etiladi. Filmlar qozoq tilida, o‘zbekcha subtitrlar bilan qo‘yiladi.

Qachon: 12-noyabr — «Қайтадан» 15:30 da, «Ерекше» 18:00 da
Qayerda: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi («Panorama»), Alisher Navoiy, 15
Kirish: bepul

Manzil

Marlen Ditrixning so‘nggi repetitsiyasi

Marlen Ditrixning so‘nggi repetitsiyasi

«Ilhom»da «Ayol va fortepiano uchun solo» spektakli qo‘yiladi. Muxlislar sahnani tark etgan Marlen Ditrixni oxirgi konsertini berishga ko‘ndirishadi. Mualliflar shu konsertning repetitsiyasi qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qiladi. Sahnada Marina Turpishcheva, fortepianoda Ruslan Volkov.

Qachon: 12-noyabr, 19:00
Qayerda: «Ilhom» teatri, Paxtakor, 5
Yosh: 16+
Chiptalar: 120 000–150 000 so‘m

Manzil

Galereyada «Ranglar ohangi»

Galereyada «Ranglar ohangi»

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Rustam Xudayberganovning «Ranglar ohangi» yubiley ko‘rgazmasi ochiladi. Ekspozitsiya rassomning 80 yoshiga bag‘ishlangan.

Qachon: 12-noyabr, 17:00
Qayerda: O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Buyuk Turon, 2
Kirish: bepul

Manzil

Reja tanladingizmi?

Reja tanladingizmi?

Nimani tanlaganingizni izohlarda yozing va o‘qiganingiz uchun tazikni olib qo‘ying 🧡