Xayrli tong, Toshkent! Bugun juma, 13-noyabr

Oqshomga kino yoki sham yasash mashg‘ulotini, shanbaga esa X-Places bilan eski uyga sayohatni tanlash mumkin. Ikki kunlik rejalar, foydali xizmatlar va payshanba yangiliklarini jamladik.
Juma salqin keladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Toshkentda bugun kunduzi +7…+9° bo‘ladi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi.
Ishdan chiqib to‘g‘ri kechki kinoseansga bormoqchi bo‘lsangiz, soyabon asqatadi.
Hokimiyat barcha ko‘p kvartirali uylarga issiqlik berilganini bildirdi

Hokimiyat payshanba kuni soat 10:00 gacha hisobotdagi barcha 8 939 ta ko‘p kvartirali uyga issiqlik berilganini bildirdi. Isitish mavsumi 9-noyabrda boshlangan, uylar bosqichma-bosqich ulangan edi.
Batareyalar hali ham sovuq bo‘lsa, boshqaruv kompaniyasiga va Veolia’ga murojaat qilish mumkin. Kompaniya koll-markaz kecha-kunduz ishlashini eslatdi: turli kanallardan kelgan murojaatlar yagona tizimga yig‘iladi va ularning holatini kuzatish uchun raqam beriladi.
Telefon: 1347
Telegram: @vet_pokazaniya_bot
WB Taxi ustun mavqega ega platforma deb topildi

Raqobat qo‘mitasi WB Taxi’ni taksi agregatorlari bozorida ustun mavqega ega operator deb topdi. 29-oktabrda Uklon ham shunday maqomni olgan edi.
Endi WB Taxi monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat qoidalariga rioya etilishini tekshiradigan ichki nazorat tizimini joriy qilishi shart. Qo‘mita platformaning bozordagi mavqeyini suiiste’mol qilishining oldini olish uchun uning faoliyatini ham kuzatib boradi.
Idoralar ko‘chgach, ularning binolari nima bo‘ladi?

Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chmoqda, ularning avvalgi binolari esa sotuvga tayyorlanmoqda. 10-noyabrdagi farmonda shaharning mavjud qismiga oid shart bor: ko‘chayotgan idoralarning xususiylashtiriladigan binolari joylashgan yer uchastkalari konservatsiya zonalaridan chiqariladi.
Bosh rejada bunday zonalar shakllangan shahar muhitini saqlash uchun belgilangan. Vazirlar Mahkamasiga Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasiga tegishli o‘zgartirishlarni taklif qilish uchun bir oy berildi.
Avtobus buzilsa, yo‘lkirani qaytarish uchun murojaat qilish mumkin

Avtobus buzilib, safar to‘xtab qolsa, ATTO saytida to‘lovni bekor qilish uchun murojaat yuborish mumkin. «Пассажирам» bo‘limini ochib, «Вернуть деньги» tugmasini bosing.
Murojaat uchun to‘lov va safar haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Boshqa avtobusga o‘tayotganda vaqt va yo‘nalish raqamini yozib olgan ma’qul. ATTO pulni qaytarish haqidagi har bir murojaatni alohida ko‘rib chiqadi.
Keraksiz telefon raqamingizni sotishingiz mumkin

Mobilraqam platformasida mobil raqamingizni auksionga qo‘yish yoki «Tezkor bitim» orqali sotish mumkin. Birja dastlabki bitimlar amalga oshganini oktabrdayoq bildirgan edi.
O‘zingiz istagan raqamlar kombinatsiyasini buyurtirish ham mumkin. Operatorni tanlab, ariza yuborasiz. Operator raqamning bo‘shligini tekshiradi va bo‘sh bo‘lsa, uni savdoga chiqaradi.
X-Places bilan eski Toshkent uyiga sayohat

Shanba kuni X-Places ICHKARI’da «Ташкент внутри» nomli uchrashuvga taklif qiladi. Muzey direktori va bosh kuratori Maksud Askarov eski uy bo‘ylab sayr qildirib, uning kolleksiyasi va an’anaviy o‘zbek uyi haqida so‘zlab beradi.
Qachon: 14-noyabr
Qayerda: ICHKARI, Belariq, 30A
Ishtirok: X-Places hamjamiyati orqali, tadbir sahifasida yozilish mumkin
Guruhga a’zo bo‘lmasangiz yoki Facebook’dan foydalanmasangiz, hamjamiyat a’zosi sizni o‘zi bilan taklif qilishi mumkin.
Manzil
NOMSIZ boshlanmoqda: kino, videoart va arxivlar

moc hub’da eksperimental kino va videoart festivali NOMSIZ ochiladi. Bugungi dasturda Danila Lipatov va Karen Zimmermannning «Рожки в стекле» filmi bor. Ertaga Markaziy Osiyoning mustaqil arxivlari haqidagi uchrashuvga kelib, keyin Chyngyz Aidarov va «Заманбап искусство» retrospektivasini tomosha qilish mumkin.
Qachon: 13-noyabr, 19:00; 14-noyabr — arxivlar haqidagi uchrashuv 17:00 da, retrospektiva 19:00 da
Qayerda: moc hub, Buyuk Turon, 77
Kirish: bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas
Manzil
Human House’da mumdan sham yasash

Oqshomda Human House’da mumdan sham yasash bo‘yicha mashg‘ulot bo‘ladi.
Qachon: 13-noyabr, 18:00
Qayerda: Human House, Kichik Mirobod, 43
Narxi: 150 000 so‘m
Yozilish: @hhuzevent yoki +998 90 061 40 56
Manzil
Markaziy Osiyoning uch ming yillik tarixi

Shanba kuni Human House’da Yuliya Auxadeyeva «3000 лет истории Центральной Азии» mavzusida ma’ruza qiladi.
Qachon: 14-noyabr, 18:00
Qayerda: Human House, Kichik Mirobod, 43
Narxi: 100 000 so‘m
Yozilish: @hhuzevent yoki +998 90 061 40 56
Manzil
Qozog‘iston kinosi katta ekranda

Panorama’da Qozog‘iston kinosi kunlari davom etmoqda. Juma kuni «Моя большая казахская семья» va «Жабайы», shanba kuni esa «Алтын адам» va «Әміре» namoyish etiladi.
Qachon: 13 va 14-noyabr — birinchi film 15:00 da, ikkinchisi 18:00 da
Qayerda: Milliy kino san’ati saroyi, №1 zal, Alisher Navoiy, 15
Til: qozoq tilida, o‘zbekcha subtitrlar bilan
Kirish: bepul
Manzil
Nukusda yaratilgan kitob grafikasini tomosha qilish

Bolalar kutubxonasida Nukusdagi «Qoraqalpog‘iston» nashriyoti rassomi Qidirbay Najimovning ko‘rgazmasi davom etmoqda. U dostonlar, ertaklar va bolalar kitoblariga rasmlar ishlagan. Ko‘p asarlar grattaj usulida bajarilgan: qoramtir qatlamni tirnab, yorug‘ chiziqlar hosil qilinadi.
Ko‘rgazmada Savitskiy muzeyidagi asarlar va kutubxona fondidagi kitoblar bor. Bolalar bilan kelib, tanish voqealarni rasmlardan izlash mumkin.
Qachon: har kuni, 10:00–21:00; 30-noyabrgacha
Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi, Yahyo G‘ulomov, 47
Kirish: bepul
Yosh: 0+
Manzil
Uyingiz allaqachon isidimi?

Isitishdagi ahvolingiz qandayligini izohlarda yozing. Rejalaringizni ham bo‘lishing: juma va shanba uchun nimani tanladingiz?
O‘qiganingiz uchun tazikni oling. 🧡