Shanbani boshlaymiz

Dam olish kunlariga rejalar tayyor: kino, konsertlar, ijodiy mashg‘ulotlar va sahnadagi suhbatlar. Avval juma kuni shaharda nimalar bo‘lgani va bugungi ob-havo haqida.
Shanba yomg‘irsiz o‘tadi

Toshkentda kunduzi +12…+14 °C, o‘zgaruvchan bulutlilik va sharqdan 3–8 m/s tezlikdagi shamol kutilmoqda. Kechasi — +1…+3 °C.
Yakshanba kuni ham yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin — O‘zgidromet dam olish kunlari uchun shunday prognoz berdi.
Toshkentda 3,22 million aholi sanaldi

Milliy statistika qo‘mitasi 37 yil ichidagi ilk aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalarini taqdim etdi. 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkentda 3,22 million kishi yashagan. Deyarli har beshinchi aholi — 18,5 foiz — poytaxtdan tashqarida tug‘ilgan.
Shaharning yana bir jihati: mamlakatda aholisining ko‘pchiligi kvartirada yashaydigan yagona hudud shu. Toshkentliklarning 51,3 foizi kvartiralarda, 44,7 foizi yakka tartibdagi uylarda yashaydi.
Ikki baravar yuklama bilan ishlayotgan maktab kengaytiriladi

Chilonzordagi 126-maktab ming o‘quvchiga mo‘ljallangan, hozir esa unda 1956 bola o‘qiydi. Bu yerda rekonstruksiya va yana 1505 o‘rinli yangi bino qurilishi boshlandi.
Ishlar tugagach, maktabning umumiy sig‘imini 2555 o‘quvchiga yetkazish rejalashtirilgan. E’lon qilingan ish muddati — sakkiz oy.
Banklarga ortiqcha foizlarni qaytarish topshirildi

Markaziy bank sud qarori bilan undirilayotgan kreditlarni tekshirishni talab qildi. Qarorda ko‘rsatilgan summaga foiz va neustoyka hisoblashni davom ettirish mumkin emas, ammo ayrim banklar shunday qilgan.
Tekshiruvni 10-dekabrgacha tugatish, noqonuniy hisoblangan to‘lovlarni bekor qilish va undirib bo‘lingan pullarni qaytarish topshirildi. Sizda ham shunday holat bo‘lsa, Markaziy bankka 1800 raqami yoki bot orqali murojaat qilish mumkin.
Oziq-ovqat hozir qancha turadi

Milliy statistika qo‘mitasi hududlar va tumanlar kesimida oziq-ovqat hamda yoqilg‘ining o‘rtacha narxlarini ko‘rsatadigan NarxStat saytini ishga tushirdi. Toshkentni boshqa hudud va tumanlar bilan solishtirish, bir haftada nimalar qimmatlashgani yoki arzonlashganini ko‘rish mumkin.
Saytda inflyatsiya va xarajatlar kalkulyatorlari ham bor. Hisob-kitob uchun ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tmasdan yuklab olish mumkin.
Toshkent modernizmi bo‘ylab sayr

Tashkent Modernism ilovasida 1964–1993-yillarda qurilgan 21 bino bo‘ylab yo‘nalish bor. U eng yaqin obyektni topib, yo‘l ko‘rsatadi va uning tarixini hikoya qiladi. Har bir bino sahifasida bugungi va arxiv suratlari jamlangan: joy ilgari qanday ko‘ringanini solishtirish mumkin.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining bepul gidi iPhone va Android uchun mavjud. Sayrni shaharning istalgan nuqtasidan boshlash mumkin.
Yumshoq o‘yinchoq bemorlar va haqiqiy mikroskoplar

«Veterinariya» dasturida bolalar uchta laboratoriyadan o‘tadi: kichik hayvonlar bilan tanishadi, parazitlarni mikroskop ostida ko‘radi va yumshoq o‘yinchoq bemorlarni davolashni mashq qiladi. Mashg‘ulot bir yarim soat davom etadi.
Qachon: 14-noyabr — 10:00, 12:00, 14:00, 16:00; 15-noyabr — shu vaqtlar va qo‘shimcha 18:00
Qayerda: GLOBUS, Sharof Rashidov shohko‘chasi, 40
Narxi: 170 000 so‘m; bir oiladan ikki yoki undan ortiq bolaga — har biri uchun 160 000
Yosh: 5–7, 8–10 va 11–14 yoshli guruhlar
Yozilish: @planetaznaniyuz
Manzil
Shishani guldonga aylantiramiz

Human House’da shisha idishga ikkinchi hayot berishni ko‘rsatishadi. Har bir ishtirokchi bittadan buyum yasaydi: stakan, guldon yoki shamdon. Material va asboblar narxga kiritilgan.
Qachon: 14-noyabr, 12:00
Qayerda: Human House, Kichik Mirobod, 43
Narxi: 200 000 so‘m
Yozilish: @hhuzevent
Manzil
Ingliz tilida o‘qiymiz va o‘ynaymiz

Bolalar kutubxonasida 6–10 yoshdagilar uchun kitob klubi uchrashuvi bo‘ladi. Bolalar kitob o‘qiydi, hikoyalar to‘qiydi, rasm chizadi va o‘ynaydi — yangi inglizcha so‘zlar assotsiatsiyalar orqali yodda qoladi.
Qachon: 14-noyabr, 13:00–13:30
Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi, Yahyo G‘ulomov, 47
Yosh: 6–10
Yozilish: kutubxona shakli orqali
Manzil
Markaziy Osiyo arxivlari va videoart

Shanba kuni NOMSIZ festivalida Markaziy Osiyoning mustaqil arxivlari muhokama qilinadi, keyin Chingiz Aydarov retrospektivasi namoyish etiladi. Yakshanba kuni Yuliya Sorokina videoart haqida ma’ruza qiladi, undan so‘ng Qozog‘iston retrospektivasi bo‘ladi.
Qachon: 14 va 15-noyabr, suhbatlar va ma’ruza — 17:00, namoyishlar — 19:00
Qayerda: moc hub, Buyuk Turon, 77
Kirish: bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas
Manzil
Bir oqshomda Shopen, Dvorjak va Shostakovich

Konservatoriyada Shostakovichning «Bayram uvertyurasi», Shopenning Birinchi fortepiano konserti va Dvorjakning To‘qqizinchi simfoniyasi yangraydi. Yakkaxon — Madina Fayziyeva, dirijyor — Kamoliddin O‘rinboyev.
Qachon: 14-noyabr, 19:00–21:00
Qayerda: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov, 1
Narxi: 50 000 so‘mdan
Yosh: 12+
Chiptalar: Gtickets
Manzil
O‘z piyolangizni yasang

Yakshanba kuni Human House’da kulolchilik mashg‘ulotlari bo‘ladi. Bir soatda guldon, piyola, krujka yoki shamdon yasash mumkin. Pechda pishirish uchun alohida haq olinadi.
Qachon: 15-noyabr, boshlanishi 11:00, 12:00, 14:00 va 15:00
Qayerda: Human House, Kichik Mirobod, 43
Narxi: kattalarga — 120 000 so‘m, bolalarga — 100 000; pishirish — yana 85 000
Yosh: 5+
Yozilish: @cineka yoki +998 93 580 88 31
Manzil
Sevimli animelardan musiqa

«Teatr + Musiqa» konsertida simfonik orkestr «Ruhlar olib ketgan», «Haulning yuruvchi qal’asi», «Mening qo‘shnim Totoro», «Malika Mononoke» va boshqa animatsion filmlar musiqasini ijro etadi.
Qachon: 15-noyabr, 18:00–19:00
Qayerda: Teatr+, Matbuotchilar, 17
Narxi: 50 000–150 000 so‘m
Yosh: 6+
Chiptalar: iTicket
Manzil
Stereotiplarni tomoshabinlar bilan muhokama qilamiz

Pavel Kim tomoshabinlar bilan millatlar, munosabatlar, kasblar va odatlar hamda ular bilan bog‘liq stereotiplar haqida suhbatlashadi. Bu safar tomoshabinlar ham dastur ishtirokchilariga aylanadi.
Qachon: 15-noyabr, 19:00
Qayerda: SAHNA StandUp Club, Matbuotchilar, 17
Narxi: 50 000 so‘m
Til: ruscha
Chiptalar: klub saytida
Manzil
O‘qiganingiz uchun tazik

Tazik dayjest ostida sizni kutmoqda. Izohlarda esa qayerga bormoqchi ekaningizni yozing — balki hamroh topilar 🧡