Chorshanba va kutilmagan mehmon

Chorshanba va kutilmagan mehmon

Toshkent hayvonot bog‘i Qorasuvdan topilgan timsoh haqida ma’lum qildi. Maktab o‘quvchilari uchun velosport loyihasi tayyorlanmoqda, Astraxanga esa poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bugun Apple Pay haqida ham gaplashamiz, keyin ko‘rgazma, kino va shahar hikoyalariga boy sayrlar orasidan reja tanlaymiz.

Ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Chorshanba kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +18…+20 °C, kechasi +8…+10 °C bo‘ladi. Sharqiy shamol tezligi — 3–8 m/s.

Tahririyatdan bir og‘iz gap

Tahririyatdan bir og‘iz gap

Anchadan beri katta maqolalar chiqarmadik — bu tanaffus uchun uzr. Biz hozir ta’tildamiz va Tazik yangilanishini tayyorlayapmiz. Biz bilan qolayotganingiz uchun rahmat 🧡

Toshkent maktablariga mashg‘ulotlar uchun velosipedlar beriladi

Toshkent maktablariga mashg‘ulotlar uchun velosipedlar beriladi

2027-yil martdan Toshkentdagi zarur infratuzilmaga ega maktablarda velosport bo‘yicha sinov loyihasi boshlanadi. Ishtirok etuvchi har bir maktabga to‘rtta oddiy va bitta professional velosiped ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlarda sport maktablari murabbiylari yordam beradi.

Bu 11-noyabrda qabul qilingan velosportni rivojlantirish dasturining bir qismi. Maktablarni velosipedlar bilan 2027–2028-yillarda bosqichma-bosqich ta’minlash rejalashtirilgan. Sinov yakunlariga qarab loyihani kengaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Qorasuvdan kichik timsoh topildi

Qorasuvdan kichik timsoh topildi

Hayvonot bog‘i kecha noodatiy yangi jonivor haqida yozdi: 15-noyabrda baliqchilar Qorasuv kanalida kichik Nil timsohini ko‘rib qolishgan. Uni hayvonot bog‘i va ekologiya qo‘mitasi xodimlari tutib olishgan.

Hozir timsoh hayvonot bog‘ida reabilitatsiyadan o‘tmoqda. U shahar kanaliga qanday tushib qolgani hali aniqlanmoqda. Tekshiruv davomida boshqa sudralib yuruvchilar topilmagan.

Dekabrdan Astraxanga poyezd qatnaydi

Dekabrdan Astraxanga poyezd qatnaydi

17-dekabrdan Toshkent — Astraxan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. U Shimoliy vokzaldan payshanba kunlari soat 18:00 da jo‘nab, shanba kuni yetib boradi. Qaytish reyslari yakshanba kunlari bo‘ladi.

Transport vazirligiga ko‘ra, chiptalar jo‘nash sanasidan 45 kun oldin sotuvga chiqariladi.

Ikki bankning UZCARD va HUMO kartalari uchun Apple Pay

Ikki bankning UZCARD va HUMO kartalari uchun Apple Pay

17-noyabrdan Apple Pay Xalqbankning UZCARD va Octobankning HUMO kartalarini qo‘llaydi. Ularni Apple Wallet’ga qo‘shib, mos iPhone yoki Apple Watch orqali xaridlar uchun to‘lash mumkin.

Xizmat O‘zbekistonda oktabr oyida ayrim Visa va Mastercard kartalari bilan ish boshlagan edi. Endi ularga milliy kartalar ham qo‘shildi — hozircha faqat shu ikki bankniki.

Elektr uchun balansni Telegram’da tekshiring

Elektr uchun balansni Telegram’da tekshiring

Toshkent elektr tarmoqlari HET Xabarnoma haqida xabar berdi. Bot orqali elektr uchun shaxsiy hisob raqami va undagi mablag‘ qoldig‘ini bilish mumkin.

Buning uchun telefon raqamingiz shaxsiy hisobingizga bog‘langan bo‘lishi kerak.

NOMSIZ’da uchta kinoseans

NOMSIZ’da uchta kinoseans

Chorshanba kuni NOMSIZ’da savdo va resurslar qazib olish haqida ikkita kinoesse ko‘rsatiladi. Payshanba kuni esa unutilgan «To‘y» filmi va xotira, uy hamda uzilgan aloqalarga bag‘ishlangan yangi Markaziy Osiyo filmlaridan iborat «Призрачная нить» dasturi bo‘ladi.

Qachon: 18-noyabr, 19:00 — Fragile Architecture; 19-noyabr, 18:30 — «To‘y», 20:00 — «Призрачная нить»
Qayerda: moc hub, Buyuk Turon, 77
Kirish: bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas

Manzil

«Путешествие» ko‘rgazmasining so‘nggi kuni

«Путешествие» ko‘rgazmasining so‘nggi kuni

Andakulova Gallery’da Timur D’Vatzning ko‘rgazmasi yakunlanmoqda. Uning rangtasvir asarlarida qadimiy tarix, o‘rta asr gobelenlari va kelt mifologiyasi motivlari uchraydi. Borishni keyinga surib yurgan bo‘lsangiz, chorshanba — so‘nggi kun.

Qachon: 18-noyabr; galereyaning odatdagi ish vaqti — 10:00–23:00
Qayerda: Andakulova Gallery, Tashkent City Mall
Kirish: bepul

Manzil

Deputatga yolg‘onchi kerak

Deputatga yolg‘onchi kerak

Dimitris Psafasning «Требуется лжец» komediyasida deputat professional yolg‘onchini ishga oladi. Shu voqeadan siyosiy satira boshlanadi — Rus drama teatri sahnasida.

Qachon: 19-noyabr, 19:00
Qayerda: Rus drama teatri, Zarafshon, 24
Til: ruscha
Yosh: 18+
Chiptalar: 77 000 so‘mdan

Manzil

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» va muhokama

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» va muhokama

La Commune kinoklubi Yo‘lqin To‘ychiyevning filmini ko‘rsatadi. Namoyishdan so‘ng uni kino hamjamiyati vakillari bilan muhokama qilish mumkin. Film ham, suhbat ham o‘zbek tilida.

Qachon: 19-noyabr, 19:00
Qayerda: Unity Bar, Minor mavzesi, 88
Narxi: 70 000 so‘m; uchta yoki undan ko‘p chipta olganda 20% chegirma
Yozilish: Yevaga namoyish sanasini yozing

Manzil

Kitob rasmlarini kutubxonada tomosha qiling

Kitob rasmlarini kutubxonada tomosha qiling

Bolalar kutubxonasida «Qoraqalpog‘iston» nashriyotining kitob grafikasini ko‘rish mumkin: Qidirbay Najimov va boshqa rassomlarning, jumladan, Savitskiy muzeyi to‘plamidagi asarlari namoyish etilgan. Texnikalar orasida grattaj ham bor — bunda qoramtir yuza tirnalib, yorug‘ chiziqlar hosil qilinadi.

Qachon: 18–19-noyabr, 10:00–21:00
Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi, Yahyo G‘ulomov, 47
Kirish: bepul
Yosh: 0+

Manzil

Toshkent hikoyalarini tinglab sayr qiling

Toshkent hikoyalarini tinglab sayr qiling

«Говорит Ташкент» — shahar hikoyalari bilan tanishtiradigan audiosayr. Ishtirokchilar 100 daqiqada qariyb 3,5 km yo‘l yurishadi. Yo‘nalish Anhor bo‘yidan boshlanadi.

Qachon: 18-noyabr, 10:00; 19-noyabr, 10:00 va 17:00
Qayerda: Anhor bo‘yi, mo‘ljal — O‘rda; yig‘ilish joyi chiptada ko‘rsatiladi
Til: ruscha
Yosh: 7+
Chiptalar: 180 000 so‘m

Manzil

Tazik sizniki

Tazik sizniki

Buguncha shu. O‘qiganingiz uchun tazikni oling va kechki rejalarni do‘stlaringizga yuboring — ular ham tanlashsin 🧡