
Salom, Toshkent! So‘nggi sutka yangiliklari, kundalik hayot uchun bir nechta maslahat va kuzgi oqshomga bir-ikki g‘oya tayyor
Oxirigacha o‘qiganlarga esa odatdagi Tazik :)

Avval ob-havo
Bugun poytaxtda kunduzi +21…+23°, biroz bulut va yog‘ingarchiliksiz havo kutilmoqda. Sharqiy shamol — 3–8 m/s
Qavatlab kiyinish qulay: kunduzi futbolka, ertalab va kechqurun yengil kurtka
Uy ko‘chadan sovuqroq bo‘ladigan payt kelibdi…

Kechagi muhim xabarlar
O‘qishga arziydiganlari ko‘p emas, lekin borini yig‘dik
▫️ Nega yo‘lkira oshdi?
Toshkent hokimi tarif oshishini energiya xarajatlari, yangi avtobuslar va metro rivoji bilan izohladi. Oshirilgandan keyin ham yo‘lkira tashish xarajatlarining faqat bir qismini qoplaydi
1-oktabrdan naqd pulsiz bir qatnov 1700 o‘rniga 2500 so‘m. Hokimiyat va Transport vazirligi yana narx oshirmaslik uchun avtobus saroylari xarajatlarini kamaytirishni va’da qilyapti
▫️ Gazsiz uylar uchun bazaviy me’yorda ko‘proq elektr
6-oktabrda isitish mavsumida elektrning bazaviy me’yorini 200 dan 350 kVt·soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Bu gazlashtirilmagan yoki gaz yetib bormaydigan hududlarga tegishli
Elektr bilan isinadigan oilalarning qishki to‘lovlariga sezilarli ta’sir qilishi mumkin

▫ Xivaga qo‘shimcha poyezdlar
«Temiryo‘lekspress» Toshkent va Xiva o‘rtasida «Jaloliddin Manguberdi»ning qo‘shimcha qatnovlarini e’lon qildi
Toshkentdan payshanba va shanba kunlari: jo‘nash 11:20, yetib borish 19:51. Qaytish juma va yakshanbada, 11:00–19:36. Birinchi qo‘shimcha qatnov sanasi aytilmagan
▫️ Metro bir kunda 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchi tashidi
6-oktabrda metropoliten avvalgi kun yo‘lovchilari sonini ma’lum qildi: 1 218 313. Odam ko‘payganda zaxira tarkiblar chiqariladi, gavjum bekatlarga bo‘sh poyezdlar yo‘naltirilishi mumkin
Tig‘iz paytdagi oraliq: Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqa, O‘zbekistonda 3, Yunusobodda 4, yerusti halqasida 7–8 daqiqa

Yaqin kunlarda e’tiborga olish kerak bo‘lgan ikki narsa
▫️ Avtobusga chiqishda to‘lang
Tekshiruv vaqtida validatorlar vaqtincha bloklanadi. To‘lovni tushishgacha qoldirish mumkin emas — transport boshqarmasi bu tartibni eslatdi
Yo‘lovchilar to‘la salonda qurilmaga yetish qiyinligidan shikoyat qilyapti. Idora validatorlarning sozligi va qulay joylashuvi haqidagi takliflarni hisobga olishni va’da qildi, ammo bloklash bekor qilinishi aytilmadi
▫️ CCA 7–9-oktabrda mehmon qabul qilmaydi
Zamonaviy san’at markaziga safarni 10-oktabr yoki keyinroqqa rejalang. Dam olish kunlariga oilaviy ustaxonalar va kino e’lon qilingan: «Kelinlar qo‘zg‘oloni» 10-oktabr 15:00 da, «Suyunchi» 11-oktabr 18:00 da

Salqin oqshomda nima qilamiz?
▫️ «Uyim soyalari» audio-spektakli
ICHKARI bo‘ylab eski Toshkent uyi va uning aholisi hikoyasi bilan sayr. Rus, o‘zbek, ingliz tillarida, qariyb ikki soat
Vaqti: 7-oktabr va keyingi kunlar; chipta olayotganda vaqt tanlanadi
Narxi: 60 000 so‘m
Manzil
▫️ Bosh pochtada UzPost Fest
Uch kunlik otkritka, qog‘oz va illyustratsiya festivali. Mahalliy ijodkorlar marketi, ma’ruza, mahorat darslari va bolalar rasmlari tanlovi bor. Mashg‘ulot va ma’ruzaga alohida yozilish kerak
Vaqti: 9–11-oktabr, 12:00–21:00
Narxi: asosiy kirish bepul
Manzil
▫️ Kitob grafikasi ustaxonasi
Bolalar bosma usullarni sinaydi, hikoya o‘ylab topadi, bosmalardan kitob sahifalarini tuzadi. Darsni Behzod nomidagi institut talabalari olib boradi. 9+, joy cheklangan
Vaqti: 10-oktabr, 15:00–16:00
Narxi: aytilmagan, yozilish kerak
Manzil

O‘qiganingiz uchun rahmat!
Tazigingizni oling, yo‘lkirani vaqtida to‘lang vaaa kuningiz yaxshi o‘tsin