Xayrli tong, Toshkent! Bir qarasak, juma bo‘libdi — 23-oktabr

Xayrli tong, Toshkent! Bir qarasak, juma bo‘libdi — 23-oktabr

Xayrli tong, Toshkent! Bir qarasak, juma bo‘libdi — 23-oktabr

Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar yo‘l o‘rtasiga chiqmoqda, bozorlarda katta tekshiruv kutilmoqda, hujjatlarni esa tobora ko‘proq hollarda uyda qoldirish mumkin bo‘ladi

Payshanba yangiliklari va dam olish rejalari: X Places bilan kanallar va So‘qoq, kinoxonaning yangi manzili, ovozsiz kino tarixi va o‘z qo‘lingiz bilan sham yasash

O‘qing va tog‘orangizni oling ❤️

Juma biroz salqinroq

Juma biroz salqinroq

Juma biroz salqinroq

Bugun Toshkentda kunduzi +19…+21°, havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘maydi. Kechasi +6…+8°. Sharqiy shamol tezligi 3–8 m/s

Yomg‘ir-chi, qachon yog‘adi?!

Avtobuslar ko‘cha o‘rtasiga chiqmoqda

Avtobuslar ko‘cha o‘rtasiga chiqmoqda

Avtobuslar ko‘cha o‘rtasiga chiqmoqda

Shahrisabz ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagining yana bir qismi ishlay boshladi. Sobiq Avtomobil yo‘llari universitetidan 6-tug‘uruqxonagacha deyarli bir kilometrlik qism ochildi

Bular qanday ishlashi va to‘liq BRT uchun yana nimalar kerakligini maqolamizda tushuntirganmiz

«Paxtakor»da nima bo‘ldi?

«Paxtakor»da nima bo‘ldi?

«Paxtakor»da nima bo‘ldi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Paxtakor»ning odamga to‘la platformasi videosi tarqaldi

Metropoliten gavjumlikni izohladi: uning ma’lumotiga ko‘ra, 20-oktabr soat 17:43 atrofida bekatga bir vaqtda ikkita poyezd kelgan

Metro kuniga 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchi tashiyapti

22-oktabrdagi xabarda intervallarni qisqartirish aytildi: Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2, O‘zbekiston yo‘nalishida 3, Yunusobodda 4, yerusti halqa yo‘nalishida 7–8 daqiqagacha

Kassada iPhone: yana biroz kutamiz

Kassada iPhone: yana biroz kutamiz

Kassada iPhone: yana biroz kutamiz

Turizm qo‘mitasi Apple Pay O‘zbekistonda yaqin kunlarda ishga tushishini kutmoqda, deb yozdi Spot. Texnik integratsiya bilan Markaziy bank, banklar, Humo va Uzcard shug‘ullanmoqda

Shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichida saqlash talabi xizmat yo‘lida to‘siq bo‘lib kelgan. Mart oyida qonun o‘zgardi: ayrim ma’lumotlarni belgilangan shartlar asosida xorijda qayta ishlashga ruxsat berildi

Apple’ning o‘zi hali sana aytmagan, ulanadigan mahalliy kartalar ro‘yxati ham yo‘q

Yana chang — qayerdan kelyapti o‘zi?

Yana chang — qayerdan kelyapti o‘zi?

Yana chang — qayerdan kelyapti o‘zi?

Toshkentning uch tumanidan olingan namunalarda PM2.5 zarralarining o‘rtacha 64 foizi tabiiy chang bo‘lgan. NIGMI’ning 28-sentabr — 6-oktabrdagi natijalari shunday. 13–14-oktabr namunalarida bu ulush 47–52 foizni tashkil qilgan

Bu mayda zarralar chang ham, yonish mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Jahon banki va Ekologiya qo‘mitasining yillik tadqiqotida shamol keltirgan chang ulushi 36%, isitish 28%, transport 16%, sanoat 13% bo‘lgan

Poytaxt havosiga nima bo‘lyapti o‘zi? Bu haqda yozganmiz — o‘qib ko‘ring!

Bozorlar xatlovdan o‘tadi, qarzlar ham tekshiriladi

Bozorlar xatlovdan o‘tadi, qarzlar ham tekshiriladi

Bozorlar xatlovdan o‘tadi, qarzlar ham tekshiriladi

Hokimlik Toshkentdagi bozorlar va savdo majmualarini xatlovdan o‘tkazishni e’lon qildi. Bino va yer egalari, hudud chegaralari, noqonuniy qurilmalar va soliq qarzlari tekshiriladi

Bu shaharning 2026–2027-yillardagi rivojlanish dasturiga kiradi. Tekshiruvdan keyin mulkdan foydalanish, jumladan auksionda sotish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi

ID-karta telefonda

ID-karta telefonda

ID-karta telefonda

Bankda, notariusda yoki ichki aviareysga ro‘yxatdan o‘tishda MyGovdagi elektron hujjatlarni ko‘rsatish mumkin. Adliya vazirligi 33 ta idoraviy hujjatga o‘zgartirish kiritilganini bildirdi

Raqamli nusxalar 2024-yilgi qaror bilan qog‘oz hujjatlarga tenglashtirilgan edi. Endi alohida xizmatlarning qoidalari shu qarorga moslashtirilyapti. Gap ilovalardagi ID-karta, pasport, guvohnoma va boshqa hujjatlar haqida

Aviaqatnovlarda bu qoida O‘zbekiston ichidagi reyslarga tegishli

Staj uchun arxivga ortiqcha qatnovsiz

Staj uchun arxivga ortiqcha qatnovsiz

Staj uchun arxivga ortiqcha qatnovsiz

Pensiyaga hujjat yig‘ayotganlar uchun (admin ham ko‘z tashlab qo‘ydi) 2005–2016-yillardagi ish davrini tasdiqlash soddalashtirildi

Ish mehnat daftarchasida qayd etilgan, ish beruvchi esa tegishli kalendar yilida kamida bir marta shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga majburiy badal o‘tkazgan bo‘lsa, arxiv ma’lumotnomasi talab qilinmaydi

18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qaragan davr elektron tibbiy xulosa asosida hisobga olinadi. Bu o‘zgartirishlar 19-oktabrdagi qaror bilan amaldagi pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan

X Places: kanallarmi yoki So‘qoq?

X Places: kanallarmi yoki So‘qoq?

X Places: kanallarmi yoki So‘qoq?

Shanba kuni Rustam Husanov «Toshkent kanallari bo‘ylab» sayrga olib chiqadi

Yakshanbada esa «Kuzgi So‘qoq bo‘ylab sayr»: qishloq mahallalari, tog‘-melioratsiya stansiyasi va choyxona. Bu safarni ham Rustam olib boradi

Yozilish Facebook’dagi yopiq X Places guruhida. Guruhga uning a’zosi taklif qilishi mumkin

Vaqti: 24-oktabr — kanallar, 25-oktabr — So‘qoq. Yig‘ilish soatlari guruhda
Narxi va yig‘ilish joyi: guruhdagi e’lonlarda

Kinoxonaning yangi uyi

Kinoxonaning yangi uyi

Kinoxonaning yangi uyi

kinoxona mustaqil kinoteatri Chimkent ko‘chasi, 17-uyga ko‘chmoqda. Yakshanba kuni bu yerda Yelena Martinovaning Chiroyli Vanitas fotoko‘rgazmasi ochiladi

14 suratda shisha buyumlar, so‘layotgan gullar, bo‘sh chig‘anoqlar va pillalar bor. 2023–2026-yillarda yaratilgan turkum natyurmort an’anasini davom ettiradi: tanish buyumlar orqali vaqtning o‘tishi seziladi

Vaqti: ochilish 25-oktabr, 16:00; keyin seshanba–yakshanba, 17:00–23:00, 30-noyabrgacha
Narxi: bepul
Manzil

Ovozsiz kino nimalarni aytadi?

Ovozsiz kino nimalarni aytadi?

Ovozsiz kino nimalarni aytadi?

CCA’da Nigora Karimova «O‘zbekiston ovozsiz kinosining so‘zlovchi tarixi» suhbatini o‘tkazadi. Mavzu — ilk o‘zbek filmlari va ularda saqlanib qolgan hikoyalar

Kechqurun shu markazda Melis Abzalovning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» filmi namoyish etiladi. Bu boshqa davr: seans o‘zbek kinosidagi modernizmga bag‘ishlangan turkumga kiradi

Suhbat uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak, filmga kirish erkin

Vaqti: 24-oktabr, suhbat 15:00–16:00, film 18:00
Narxi: bepul
Manzil

Yoqishga ham ko‘z qiymaydigan sham

Yoqishga ham ko‘z qiymaydigan sham

Yoqishga ham ko‘z qiymaydigan sham

Human House’da mumdan sham yasash mashg‘uloti bo‘ladi. Tabiiy mumga giyohlar va quritilgan gullar qo‘shiladi; uyg‘unlik va bezaklarni har kim o‘zi tanlaydi

Bir yarim soatda uyga olib ketadigan shamingiz tayyor bo‘ladi. Mashg‘ulot rus tilida, 8+. Chiptalar Ticketon’da bor

Vaqti: 24-oktabr, 18:30–20:00
Narxi: Human House afishasida 120 000 so‘m; Ticketon’da 150 000 so‘mdan
Manzil

«Ilhom»da «Эй, беляш»

«Ilhom»da «Эй, беляш»

«Ilhom»da «Эй, беляш»

«Эй, беляш» — bolalik va uning tugaydigan pallasi haqida spektakl. Bola atrofidagi hamma narsada jon ko‘radigan nigoh sahnaga qaytadi

Davomiyligi bir soat-u o‘n besh daqiqa. 14+

Vaqti: 23-oktabr, 19:00
Narxi: 150 000 so‘mdan
Manzil

Yaga xolanikida ta’til

Yaga xolanikida ta’til

Yaga xolanikida ta’til

«Улётные каникулы» ertagida talaba Vanka xolasinikiga boradi. Xolasi esa Yalmog‘iz kampir bo‘lib chiqadi. Koshey, Leshiy va Kikimora oddiy odamlarga o‘xshashga astoydil urinadi — lekin har safar ham o‘xshavermaydi

Musiqali ertak Operetta teatrida namoyish etiladi

Vaqti: 24-oktabr, 11:00
Narxi: 44 000–55 000 so‘m
Manzil

Xo‘sh, qanday rejalar bor?

Xo‘sh, qanday rejalar bor?

Xo‘sh, qanday rejalar bor?

Kanallar, So‘qoq, kinomi yoki to‘yib uxlashmi? Izohlarda yozing!

Tog‘orangizni oling va birga sayrga chiqishni anchadan beri rejalashtirib yurgan odamingizga dayjestni yuboring. Jumangiz yaxshi o‘tsin ❤️