Toshkent, xayrli tong! 29-oktabr, payshanbani boshlaymiz

Toshkent, xayrli tong! 29-oktabr, payshanbani boshlaymiz
Avtobuslar BRT qurilishini aylanib o‘tmoqda, Yangi Toshkent uchun kanallar va tramvay rejalashtirilmoqda. Reklama qo‘ng‘iroqlariga esa tez orada tungi tanaffus belgilanadi
Afisha: Chexov, she’r va musiqa, yangi ko‘rgazma, organ va fokuslaaar
Qahva damlab, o‘qiymiz va oxirida tog‘oramizni olamiz 🧡
Ertalab soyabon kerak bo‘lishi mumkin

Ertalab soyabon kerak bo‘lishi mumkin
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 29-oktabr kuni Toshkentda kunduzi +18…+20°, kechasi +8…+10° bo‘ladi. Havo o‘zgaruvchan, sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi
Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi
Chorshanba kuni qanday havodan nafas oldik

Chorshanba kuni qanday havodan nafas oldik
28-oktabr oqshomiga borib Toshkent havosi yana og‘irlashdi. Soat 18:00 da O‘zgidromet havodagi mayda PM2.5 zarralari miqdori 125 mkg/m³ bo‘lganini ma’lum qildi
Maxsus komissiya ifloslanish to‘planishini kuchsiz shamol va tunda havo sovishi bilan bog‘lamoqda: havo yaxshi aralashmay, chang va zararli tashlamalar yer yuzasiga yaqin qatlamda qoladi
Komissiya sezgir guruhlarga kechqurun va tunda kamroq tashqariga chiqishni, zarur bo‘lsa niqob taqishni, shu paytda derazalarni yopiq tutishni tavsiya qildi
Olti avtobus yo‘nalishi BRT qurilishini aylanib o‘tadi

Olti avtobus yo‘nalishi BRT qurilishini aylanib o‘tadi
BRT qurilishi sabab Amir Temur ko‘chasidagi qayrilish joyi yopildi. 28-oktabrdan 3, 6, 96, 119, 142 va 149-yo‘nalishlar harakati ishlar tugaguncha o‘zgardi
6, 142 va 149-avtobuslar Ahmad Donishdan ko‘prik yo‘li orqali to‘g‘riga yuradi. «Mashinasozlar» metrosi tomon ketuvchi 96-avtobus Uch Qahramondan Binkat, Moyqo‘rg‘on va Ahmad Donish orqali o‘tadi
3-avtobusning vaqtincha oxirgi bekati — Yunusobod-11; u Amir Temur, Rixsiliy va Yangishahar kesishmasida qayriladi. 119-avtobus esa Ahmad Donishdagi «Yunusobod» metrosigacha boradi
Yangi Toshkent rejasida kanallar va tramvay

Yangi Toshkent rejasida kanallar va tramvay
Yangi Toshkentning birinchi tumani allaqachon qurilmoqda. Design Week’da loyihaning yetakchi dizayneri Hakan Agja Cross Works kelajakdagi kvartallarni qanday bog‘lamoqchi ekanini tushuntirdi
Master-rejada metro, tramvay va faqat piyodalar uchun ko‘chalar ko‘zda tutilgan. Qorasuv va Chirchiq suvi sathidagi farqdan kanallar tizimi uchun foydalanish, hududning qariyb 28 foizini ochiq maydonlarga ajratish taklif qilinmoqda
Yangi Toshkent nima uchun qurilayotgani va u yerda hozir nimalar borligini maqolamizda yozganmiz. O‘qimagan bo‘lsangiz, ko‘z tashlang
Reklama qo‘ng‘iroqlariga sokin soatlar belgilanadi

Reklama qo‘ng‘iroqlariga sokin soatlar belgilanadi
1-noyabrdan mobil tarmoq orqali reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS yuborish 18:00 dan 09:00 gacha taqiqlanadi. Bu qoida prezident qarorida belgilangan
SMS-reklama uchun oluvchining oldindan yozma yoki elektron roziligi kerak bo‘ladi. Abonent so‘roviga ko‘ra, operator o‘zi tarqatadigan reklama qo‘ng‘iroqlari va bildirishnomalarini to‘liq yoki qisman bloklashi shart
To‘liq bloklash uchun o‘z operatoringizga murojaat qilish kerak. Masalan, tizimga kirish kodi kabi oddiy xizmat xabarlari bu reklama taqiqiga kirmaydi
Chexov sahna ortida

Chexov sahna ortida
Rus drama teatrida — «Melpomena ertaklari». Chexov hikoyalari va «Oqqush qo‘shig‘i» aktyorlar hayoti haqidagi sahnaviy fantaziyaga birlashtirilgan. Xotiralar, o‘zgalarning rollari va shaxsiy taqdirlar sahna ortida uchrashadi
Rejissyor — Viktor Bugakov. Spektakl rus tilida, davomiyligi 1 soat 40 daqiqa; 16+
Vaqt: 29-oktabr, 19:00
Narx: 55 000 so‘mdan
Manzil
She’r va musiqa

She’r va musiqa
Payshanba kuni SAHNA’da — «Музыка между строк». Dasturda she’r mutolaasi musiqa bilan uyg‘unlashadi. Ishdan keyin kirib, deyarli juma bo‘lib qolgan oqshomni yoqimli o‘tkazish mumkin
Chiptalar maskanning botida bor
Vaqt: 29-oktabr, 21:00
Narx: 70 000 so‘mdan
Manzil
Ko‘rgazmaga ham borish mumkin

Organ va fortepiano

Organ va fortepiano
Konservatoriyada — «Organ va fortepiano uchun musiqa». Aleksandr Fiseyskiy va Anna Magerrut XVIII–XX asrlar Yevropa musiqasini, barokko polifoniyasidan romantik asarlargacha ijro etadi
Dasturda organ yakkaxon, to‘rt qo‘lda hamda fortepiano bilan birga yangraydi. Davomiyligi ikki soat; 12+
Vaqt: 30-oktabr, 18:00
Narx: GetTickets’da 100 000–150 000 so‘m
Manzil
Fokuslarni yaqindan ko‘rish

Fokuslarni yaqindan ko‘rish
Theatre+’da Dmitriy Kimning «Teatr + sehr» illyuziya shousi bo‘lib o‘tadi. O‘zgarishlar tomoshabinlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi, ayrim fokuslarda esa ularning o‘zi ham qatnashadi
Tomosha 80 daqiqa davom etadi, yosh belgisi — 0+
Vaqt: 30-oktabr, 19:00
Narx: 180 000 so‘mdan
Manzil
Tog‘orani olib, kunni davom ettiramiz

Tog‘orani olib, kunni davom ettiramiz
O‘qiganingiz uchun tog‘orangizni oling va kechqurun qayerga borishni tanlang. Anchadan beri birga biror joyga chiqmoqchi bo‘lgan odamingizga dayjestni yuborish mumkin
Payshanbangiz yaxshi o‘tsin 🧡